Gari Lineker: "Ronalduda Maradonada bo'lgan va Messida bor narsa yo'q"

Sherzod Nurmatov
8 sen 2026, 14:00
Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Gari Lineker Portugaliya terma jamoasi va "Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbol tarixidagi eng buyuk o'yinchimi-yo'qmi degan mavzuda o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
1.jpg

"Tarixdagi eng yaxshi o'yinchi sifatida tilga olinmaganida Krishtianu xafa bo'lishini bilaman, ammo xolis bo'lish kerak. U aql bovar qilmas darajada zo'r, shunchaki hayratlanarli, eng ulug'lardan biri va bu yerda bahslashadigan joyi yo'q. Uning gollar bo'yicha rekordlarini Messining ko'rsatkichlari bilan solishtirish mumkin. Ammo Krishtianu ko'p narsalarni qila olmaydi. U maydon markazida to'rt kishini aldab o'tib, taqibdan shunday qutulib ketolmaydiki, sen: “U buni qanday qildi-ya?” deb hayratda qolsang. U bunday qila olmaydi...

Unda Maradonada bo'lgan va Messida bor narsa yo'q. Men hatto braziliyalik Ronaldoni Krishtianu Ronaldudan sal yuqoriroq qo'ygan bo'lardim. U Zidan, Neymar va Mbappe kabi futbolchilar bilan taxminan bir xil saviyadagi o'yinchi, garchi oxirgisi hali bunday darajadagi futbolchilar qatoriga endi qo'shilishi kerak bo'lsa ham", – dedi Lineker.

41 yoshli Ronaldu - “Oltin to'p”ning 5 karra sohibi (2008, 2013, 2014, 2016, 2017) va Chempionlar Ligasining 5 karra g'olibi hisoblanadi. U Portugaliya terma jamoasi bilan birga 2016 yilgi Yevropa chempionatida ham g'olib chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Touchline