"Arsenal" va "Tottenxem" "RB Leyptsig" yulduzi uchun kurashga qo'shildi

10 iyul 2026, 13:50
"Arsenal" va "Tottenxem" klublari Bundesliganing eng istiqbolli hujumkor o'yinchilaridan biri - "RB Leyptsig"ning norvegiyalik vingeri Antonio Nusani sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Londonning ikki klubi 21 yoshli futbolchini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Nemis klubi Norvegiya terma jamoasi a'zosini taxminan 51 million funtga (59 million evro) baholamoqda. Shu bilan birga, Nusaga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchining o'zi ko'proq Premer-ligaga o'tishga moyillik bildirishi kutilmoqda.

O'tgan mavsumda norvegiyalik vinger Germaniya chempionatida 31 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: TEAMtalk