"Liverpul" "Genk" darvozabonini 35 mln evroga sotib olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
31 avg 2026, 19:10
"Liverpul" "Genk" darvozaboni Lyukka Bryugmans transferi ustida ishlamoqda.

Bu haqda “Sky Sports” muxbiri Sasha Tavoleri xabar bermoqda.

18 yoshli belgiyalik posbon tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. Transfer qiymati 35 mln evroga baholanmoqda.

Shu bilan birga, Bryugmansning kelajagi hozircha noma'lum. Agar Georgiy Mamardashvili "Nottingem"ga o'tishga rozi bo'lsa, Lyukka mavsumni "qizillar" safida o'tkazadi. Agar rozi bo'lmasa, belgiyalik darvozabon mavsumni ijara asosida "Genk"da o'tkazishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports