Ilyos Zeytullaev "Bunyodkor"dan ketdi, jamoa mashg'ulot o'tkazmayapti

Iskandarov Abdulaziz
31 avg 2026, 20:58
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasida vaziyat jiddiy.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ilyos Zeytullaev "Bunyodkor"dan ketgani aytilmoqda. Asosiy jamoa esa 3 kundan beri mashg'ulot olib borayotgani yo'q. Buning sababi hozircha noma'lum bo'lib turibdi.

Avvalroq Ilyos Zeytullaevga yordam berib kelgan 3 nafar italiyalik murabbiylar ham jamoa bilan xayrlashgan edi.

Ma'lumot uchun, "qaldirg'ochlar" Superliganing navbatdagi turida 4 sentyabr kuni o'z maydonida "Surxon"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia