

Xabar qilinishicha, Madrid klubi 19 yoshli futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan tovon pulini to'lab beradi, shundan so'ng u "qaymoqranglilar" bilan shartnoma imzolaydi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, gap 3 mln evro haqida bormoqda.
Martines o'tgan mavsum "Rasing"ning asosiy jamoasi safida Segundada 10 ta va Ispaniya Kubogida 3 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli pas uzatdi, shuningdek, Ispaniya 4-divizionidagi o'rinbosarlar tarkibida 17 ta uchrashuvda qatnashdi.
Marties joriy mavsum esa La Liganing 2 ta o'yinida qatnashib, 1-turda "Vilyarreal" darvozasiga to'p kiritdi (2:2).



