

Messi 2005 yildan beri Argentina asosiy terma jamoasida o'ynab kelayotgan edi. Futbolchi "albiseleste" tarkibida o'rtoqlik o'yinlarini hisobga olganda barcha musobaqalarda jami 207 ta o'yin o'tkazib, 125 ta gol urdi va 68 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Argentina milliy terma jamoasi tarkibida Messi 2022 yilgi Jahon chempionati, 2021 va 2024 yilgi Amerika kubogi, shuningdek, 2022 yilgi Finalissima kubogida g'olib chiqdi. Bundan tashqari, argentinalik futbolchining hisobida Argentina safidagi o'yinlarda to'qqizta sariq va ikkita qizil kartochka bor.
Messining faoliyat ro'yxatida 2014 va 2026 yilgi Jahon chempionatlari, shuningdek, 2016 yilgi Amerika kubogi finallaridagi mag'lubiyatlar ham mavjud.




