

Bu haqda jurnalist Ekrem Konurga tayanib "Goal" portali xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi 30 yoshli futbolchiga yiliga 20–23 million evro miqdorida ish haqi taklif qilmoqchi.
Saudiya klubining asosiy raqobatchisi Madridning "Atletiko" klubi bo'lib qolmoqda. Takidlanishicha, agar "Manchester Siti" futbolchining narxi bo'yicha talablarini pasaytirmasa yoki sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga rozi bo'lmasa, madridliklar faol harakatlarni amalga oshirishmaydi.
"Al Hilol" va "Atletiko"dan tashqari, Grilishga MLS klublari ham qiziqish bildirmoqda. O'tgan mavsumni futbolchi "Everton"da o'tkazdi, u yerda ijara huquqi asosida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Grilishning bozor qiymati 20 million evroga teng.



