Abror Ismoilov: "Muhim uchrashuvda kerakli ochkolarni qo'lga kiritdik"

Administrator
3 iyul 2025
O'zbekiston Superligasi 7-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng Abror Ismoilov o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Muhim uchrashuvda kerakli ochkolarni qo'lga kiritdik. Qiyin bahs kechishini bilar edik. Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman"

- Gol haqida

- Gol o'yindagi jarayondan kelib chiqib urildi. Nasib qilsa, bundanda yaxshiroq gollarni uramiz.

- Birinchi davra haqida

- Birinchi davra har bir jamoa uchun qiyin kechmoqda. Bizda maqsad bor. O'z maqsadimiz yo'lida davom etamiz.

- "Neftchi"ning o'rtamiyona jamoalarga qarshi uchrashuvlar haqida

- "Nastroy" boshqacha bo'lmoqda. Hozir Superligada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Shu sababli har bir uchrashuv qiyin kechmoqda.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia