

Ma'lumotlarga qaraganda, Namanganlar safida o'tgan mavsum Abror Ismoilovdan taxminan 800 mln so'mdan ziyod qarzi bor ekan. O'zaro kelishuvga ko'ra klub 1 iyun kuniga qadar bu pulni futbolchiga to'lab berishi lozim bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq FIFA "Navbahor"ning bir nechta futbolchi oldida qarzi borligi sababi 27 may kuni jamoaning yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishiga taqiq qo'ygandi. Bu taqiq uchta transfer oynasiga amal qiladi.



