Rasman: Abror Ismoilov - "Neftchi" futbolchisi!

Omonjon To`xtamirzayev
9 dek 2024
Namanganning "Navbahor" futbol klubi yarim himoyachisi faoliyatini Farg'onada davom ettiradi.

 "Neftchi" 26 yoshli yarim himoyachi Abror Ismoilovni Ligada ro'yxatdan o'tkazdi, deb xabar berdi O'zPFL.  

Takidlash lozim, Ismoilov ikki yil avval "Neftchi" safida ijara huquqi asosida to'p tepgandi.

Eslatib o'tamiz, ortda qolgan mavsumda Abror "Navbahor" safida Superliganing 22 o'yinida maydonga tushdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia