

"Men Abbos uchun xuddi o'z shogirdimdek juda xursandman. U O'zbekistonning jahon chempionatlaridagi ilk golini urdi, u bilan juda faxrlanaman. Qaysidir vaziyatda hayajon bo'ldi, lekin bu tabiiy hol. Qo'rquv esa yo'q edi - u harakat qildi. Fayzullayev bazi vaziyatlarda yaxshiroq o'ynashi mumkin edi, lekin men uning bor kuchini byerganini bilaman. Hujumda yaxshi o'ynadi, tezkorlik bilan himoyaga qaytdi. Futbolchilar mana shunday chiniqadi va shakllanadi. Abbos ayni damda qo'lidan kelgan eng maksimal harakatni qildi, ammo o'sishda davom etadi deb o'ylayman.
Jahon chempionatida skautlar futbolchilarni kuzatib borishmoqda. Bazi vaziyatlarda Abbos o'z potencialini to'liq namoyish eta olmadi. Ammo agar uni payqab, top-chempionatga taklif qilishsa, barchamiz xursand bo'lamiz", - dedi An.



