Deyarli 4 million muxlis Argentina terma jamoasini JCH-2026dan chetlatishni talab qilib peticiya imzoladi

14 iyul 2026, 12:37
Futbol ishqibozlari Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlatishni talab qilib peticiya yaratishdi.

Ular FIFAni Janubiy Amerika jamoasiga va xususan, ularning sardori Lionel Messiga nisbatan yon bosayotganlikda ayblashmoqda. Peticiya allaqachon 3,86 million ovoz to'plashga ulgurdi.

"FIFA va hakamlar Lionel Messi hamda Argentinaga nisbatan xayrixoh ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi. Agar g'olib oldindan aniq bo'lsa, qolgan dunyo nima uchun chempionatda ishtirok etishi kerak?

Argentinani jahon chempionatidan chetlating va qolgan barchaga teng imkoniyat bering", - deyiladi peticiya matnida.

Argentina 15 iyul kuni jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com