

“Men ofisdagi bor narsani - kompyuterlar, noutbuklar va kabellarni sindirib, erga sochib yubordim. Keyin barchani yig'dim.
Ularga shunday dedim: “Quloq solinglar, tashkilotdagi ishga munosabat shunday ekanini eshitgandim. Men sizga kasbingizdan va hayotdan zavq olishga, sevimli ishingiz bilan shug'ullanishga hamda umumiy maqsadimiz sari intilishga yordam berish uchun keldim. Agar bunda menga yordam berishni xohlasangiz, tartib o'rnatish va birgalikda ishlashga tayyorgarlik ko'rish uchun sizga ikki daqiqa vaqt beraman”. Shundan so'ng xonadan chiqib ketdim.
Shu joyda murabbiylik faoliyatim ham tugashi mumkin edi, chunki hammasi eskicha qolib ketganida, menda boshqa ish qolmasdi!
Oradan ikki daqiqa o'tib qaytib keldim va hamma yoq mukammal tartibga keltirilgan edi. Hamma jim o'tirar, ko'zlari katta-katta ochilgan holda menga tikilib, quloq solishga tayyor edi. Men ularga dedim: “Bu hali boshlanishi. Biz har kuni shunday yondashuvga amal qilishimiz kerak. Nimaga erishishni xohlamaylik, buni birgalikda qilishimiz shart. Men buni bir o'zim eplay olmayman. Muammomiz juda chuqur, lekin imkoniyatlar cheksiz”", - deya Artetaning so'zlaridan iqtibos keltiradi The Athletic.
Ispaniyalik mutaxassis London klubini 2019 yilning dekabridan beri boshqarib kelmoqda va 2025/2026 yilgi mavsumda jamoani Angliya chempionati g'olibligiga etakladi.



