

Eslatib o'tamiz, avvalroq Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) Marokashning shikoyatini qanoatlantirgan va 98-daqiqada Braim Diasga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan penaltidan so'ng maydonni tark etgani sababli turnir finalida Senegal terma jamoasiga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozgan edi. Senegal ushbu qaror ustidan shikoyat kiritdi va bugun CAS Marokashdan uchralgan texnik mag'lubiyatni bekor qilib, Senegal terma jamoasini musobaqa g'olibi deb tan oldi.
"Marokash Qirollik futbol federatsiyasi (FRMF) bugun, 2026 yil 24 noyabr, seshanba kuni Lozanna (Shveytsariya) shahrida Sport arbitraj sudi (CAS) tomonidan chiqarilgan qarorni ma'lumot uchun qabul qildi. Qaror Senegal futbol federatsiyasi tomonidan Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) Apellyaciya qo'mitasining 2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogi final uchrashuvi yuzasidan chiqargan qaroriga nisbatan berilgan shikoyatga taalluqlidir.
Shu munosabat bilan FRMF o'z talabi e'tiborsiz qoldirilganidan hayratda ekanini bildiradi va rasmiy norozilik e'lon qiladi - xususan, arbitraj jarayonining yaxlitligi va ishonchliligiga putur etkazuvchi harakatlarga nisbatan tegishli huquqiy oqibatlarni qo'llash talabi inobatga olinmagan.
Bu holat qaror chiqarilishidan 48 soat oldin germaniyalik arbitr Ulrix Xaas va Senegal futbol federatsiyasi prezidenti o'rtasida aloqalar bo'lgani tasdiqlanganidan so'ng yuz berdi.
Bundan tashqari, FRMF qarorda Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) va FIFA tomonidan futbolchilarning hakam ruxsatisiz maydonni tark etishi, shuningdek, tegishli majburiyatlar va intizomiy sankciyalar borasida yaqinda shakllantirilgan poziciya hisobga olinmaganini qayd etadi.
Shu bois, Marokash Qirollik futbol federatsiyasi Sport arbitraj sudi qaroriga etiroz bildirish uchun barcha mavjud huquqiy mexanizmlardan foydalanish niyatini tasdiqlaydi", - deyiladi FRMF bayonotida.



