Saka yana qancha muddat maydonga tushmaydi?

Sherzod Nurmatov
20 noya 2026, 19:50
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta vinger Bukayo Saka son jarohati sababli yana kamida 4 hafta o'ynay olmasligini ma'lum qildi.

"Biz yana bir tekshiruv o'tkazdik. Tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda, ammo bunday jarohat, ko'rinib turibdiki, 8 haftalik davolanishni talab qiladi. Hozirgacha 4 hafta o'tdi, shu bois jamoaga qaytishi uchun unga yana vaqt kerak", – deya Artetaning so'zlarini keltirdi London klubi matbuot xizmati.

Ispaniyalik mutaxassis, shuningdek, 15 noyabr kuni Millatlar Ligasi doirasidagi Ispaniya – Angliya (2:3) uchrashuvida jarohat olgan yarim himoyachi Martin Subimendining holati haqida ham gapirdi.

"Unda tizzaosti paylari bilan bog'liq kichik muammolar bor edi. O'yindan keyin u o'zini xotirjam tutdi, ammo MRT natijalari jarohat borligini ko'rsatdi. U bir necha haftani o'tkazib yuboradi", – deya qo'shimcha qildi Arteta.

25 yoshli ispaniyalik futbolchi hisobida joriy mavsumda 11 ta o'yin, 4 ta gol va 1 ta golli uzatma mavjud.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com