Mudrik "Chelsi"ga o'tish oldidan jiddiy aldanganini va qarzdor bo'lib qolganini ma'lum qildi

20 noya 2026, 00:35
Mixail Mudrik "Chelsi"ga o'tish jarayonida agentlari tomonidan aldanganini ma'lum qildi.

"Aslida men "Arsenal"ga o'tishni xohlaganman. Ammo agentim mening emas, faqat o'z manfaatlarini himoya qilganini keyin tushundim. Uning asosiy maqsadi ko'proq pul ishlash bo'lgan.

Men hujjatlarni o'qimasdan imzolardim, chunki odamlarga ishonardim. Bir marta shartnomani o'qimoqchi bo'lganimda, agentim va uning yordamchilari: “Nima, bizga ishonmaysanmi? Hammasini o'zimiz o'qib chiqdik”, deyishgan.

"Chelsi"ga o'tganimdan keyin agentlar kelishuvimizga ko'ra katta bonus olishdi. Ularning ulushi taxminan 6 million evro bo'lishi kerak edi. Menga esa 4 million evro atrofida bonus berilishi aytilgan, uning bir qismi menga vada qilingandi. Ammo bu pullar faqat vada bo'lib qoldi.

Eng yomoni, agentlar olgan bonus uchun soliqni ham men to'lashimga to'g'ri keldi. Natijada pul ishlash o'rniga, qarzdor bo'lib qoldim, sudlashuvlarga duch keldim.

Bundan tashqari, qandaydir jinoyatchilar telefon qilib, menga tahdid qilishdi va ultimatum qo'yishdi", - dedi Mudrik Dmitriy Gordonga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar

Manba: The Athletic