

Unda mazkur sanagacha bo'lgan vaqt oralig'ida O'zbekiston Superligasi, Proliga, Birinchi liga, U-21 hamda U-19 chempionati uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.
Superliga
“Andijon” – “Neftchi”
Superliganing 17-turi doirasidagi “Andijon” – “Neftchi” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 50-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Usmonali Ismonaliev to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib futbolchisining qorin qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Andijon” futbol klubi futbolchisi Usmonali Ismonalievga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
Superliganing 17-turi doirasidagi “Andijon” – “Neftchi” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvining 53-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi gol kiritganidan so'ng “Neftchi” futbol klubi zaxira o'rindig'i tomonga turli buyumlar va elim idishlar muxlislar tomonidan uloqtirildi, uchrashuv tugagandan so'ng hakamlar brigadasi tonnelga kirayotgan bir vaqtda ham muxlislar tomonidan elim idishlar va baklajkalar uloqtirildi. “Neftchi” futbol klubi futbolchilari ham tonnelga kirayotgan vaqtda Ikromjon Alibaev muxlislar bilan tortishib, nomaqbul so'zlar ishlatib muxlislar hamda xavfsizlik xodimlari bilan tortishishi natijasida tartibsizlik keltirib chiqarib, muxlislarning noroziligiga sabab bo'lgani va tribuna osti tonnelda akkreditatsiyasi yo'q odamlar borligi hamda to'g'ridan-to'g'ri “Neftchi” futbol klubi futbolchilariga etirozlar bildirib va nomaqbul so'zlar ishlatib hoqarat qilgan holatlar aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 68-moddasiga asosan “Andijon” futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.
O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 68-moddasiga asosan yo'lakchasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Ikromjon Alibaevga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.
Superliganing 17-turi doirasidagi “Andijon” – “Neftchi” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra Superliga Reglamentining 15.31-bandiga asosan uchrashuv avvalida va tanaffus vaqtida maydonni sug'orish talab etilgan bo'lsa-da, “Andijon” futbol klubi Reglament talabini bajarmagan holat aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Andijon” futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.
“Buxoro” – OKMK
Superliganing 17-turi doirasidagi “Buxoro” – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Muhammad Yo'ldashev raqib futbolchisini nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Muhammad Yo'ldashevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
Superliganing 17-turi doirasidagi “Buxoro” – OKMK uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi gol kiritganidan so'ng klub maskoti ham futbolchilar bilan maydonga chiqib golni nishonlagan holat aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom qo'mitasi “Buxoro” futbol klubini ogohlantirilsin. Mazkur holat yana takrorlangangan taqdirda O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 56-moddasiga asosan jarima qo'llanilsin.
“Nasaf” – “Qo'qon-1912”
Superliganing 16-turi doirasidagi “Nasaf” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv avvalida “Nasaf” futbol klubi uchrashuv Countdownnida belgilangan vaqtda tonnelga chiqib kelishda kech qolganligi, oqibatda uchrashuv 3 daqiqa kech boshlanganligiga sabab bo'lgan holat aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 67-moddasiga asosan “Nasaf” futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.
Superliganing 16-turi doirasidagi “Nasaf” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv mobaynida “Qo'qon-1912” futbol klubi texnik direktori Muxsin Nizomiddinov komissar va yordamchi hakam ogohlantirishlariga qaramay ikkinchi bo'lim davomida bosh murabbiy bilan birgalikda muntazam ravishda jamoaga ko'rsatmalar berib turgan holat aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Qo'qon-1912” futbol klubi texnik direktori Muxsin Nizomiddinovga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.
“Paxtakor” – “Buxoro”
Superliganing 16-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Buxoro” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvdan so'ng “Buxoro” futbol klubi futbolchilari muxlislar qarshisiga borganda “Paxtakor” futbol klubi muxlislari tomonidan noroziliklar boshlanadi va “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Shoxboz Jo'rabekovni haqorat qilishgani natijasida futbolchi muxlislar bilan tortishib tartibsizlik keltirib chiqargani, oqibatda muxlislar tribunalardan beton siniqlarini uloqtirishgan. Uchrashuv hakamlari tonnelga kirayotgan vaqtda ham CIP sektorlardan o'tirgan muxlislar tomonidan bir dona baklajka uloqtirilgan holat aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 67-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.
“Surxon” – “Navbahor”
Superliganing 16-turi doirasidagi “Surxon” – “Navbahor lochinlari” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvdan so'ng tribuna osti yo'lakchasida “Surxon” futbol klubi direktori Nurali Nurullaev uchrashuv hakamlariga o'z noroziligini bildirib etiroz qilgani va hakamlarni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani, uchrashuv komissari uni tinchlantirishga harakat qilgan vaqtda uchrashuv komissariga ham nomaqbul so'zlar ishlatib haqorat qilgan holat aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan yo'lakchasida “Surxon” futbol klubi direktori Nurali Nurullaevga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.
Superliganing 16-turi doirasidagi “Surxon” – “Navbahor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 67-daqiqasida “Surxon” futbol klubi murabbiyi Anvar G'ofurov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan, hamda uchrashuvdan so'ng “Surxon” futbol klubi murabbiyi Anvar G'ofurov hakam qaroriga takroran etirozi uchun unga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Surxon” futbol klubi murabbiyi Anvar G'ofurovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliganing 16-turi doirasidagi “Surxon” – “Navbahor lochinlari” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 84-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Behzod Shamsiev hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Surxon” futbol klubi futbolchisi Behzod Shamsievga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliganing 16-turi doirasidagi “Surxon” – “Navbahor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 61-daqiqasida “Navbahor” futbol klubi futbolchisi Muhammadali Usmonov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Navbahor” futbol klubi futbolchisi Muhammadali Usmonovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliganing 16-turi doirasidagi “Surxon” – “Navbahor lochinlari” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 79-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi Umar Adxamzoda hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Navbahor” futbol klubi futbolchisi Umar Adxamzodaga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Navbahor” – “Bunyodkor”
Superliganing 17-turi doirasidagi “Navbahor”– “Bunyodkor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 89-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi murabbiyi Bobur Zuxriddinov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Bunyodkor” futbol klubi murabbiyi Bobur Zuxriddinovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Nasaf” – “Paxtakor”
Superliganing 17-turi doirasidagi “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 45+5-daqiqasida “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Dostonbek Xamdamov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Dostonbek Xamdamovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliga
Respublika FA – “G'azalkent”
Pro liganing 13-turi doirasidagi Respublika FA – “G'azalkent” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 58-daqiqasida Respublika FA futbol klubi futbolchisi Ozodbek Najmiddinov qo'lining kaft qismi bilan raqib futbolchisining yuziga zarba beradi, va unga javoban “G'azalkent” futbol klubi futbolchisi Lazizbek Mirzaev ham qo'lining kaft qismi bilan raqib futbolchisining yuziga zarba bergani uchun har ikkala futbolchiga qizil kartochkalar ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan Respublika FA futbol klubi futbolchisi Ozodbek Najmiddinovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “G'azalkent” futbol klubi futbolchisi Lazizbek Mirzaevga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
“Olimpik-MobiUz” – “Jayxun”
Proliganing 13-turi doirasidagi “Olimpik-MobiUz” – “Jayxun” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 45-daqiqasida “Jayxun” futbol klubi murabbiyi Aybek Nurbaev yordamchi hakamni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Jayxun” futbol klubi murabbiyi Aybek Nurbaevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
“G'azalkent” – “Olimpik-MobiUz”
Proliganing 15-turi doirasidagi “G'azalkent” – “Olimpik-MobiUz” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 88-daqiqasida “Olimpik-MobiUz” futbol klubi futbolchisi Jo'rabek Jo'raev to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib futbolchisining son qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Olimpik-MobiUz” futbol klubi futbolchisi Jo'rabek Jo'raevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
“Paxtakor farm” – “Lochin”
Proliganing 15-turi doirasidagi “Paxtakor farm” – “Lochin” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90-daqiqasida “Lochin” futbol klubi futbolchisi Asliddin Tursunpo'latov yordamchi hakamni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Lochin: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Lochin” futbol klubi futbolchisi Asliddin Tursunpo'latovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
Proliganing 15-turi doirasidagi “Paxtakor farm” – “Lochin” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 88-daqiqasida “Paxtakor farm” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Xotamov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Xotamovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“TerDU” – “Yaypan”
Pro liganing 15-turi doirasidagi “TerDU” – “Yaypan” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 18-daqiqasida “TerDU” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Allamuradov to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib futbolchisining oyog'ini bosib olgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Allamuradovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
Proliganing 15-turi doirasidagi “TerDU” – “Yaypan” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 41-daqiqasida “TerDU” futbol klubi futbolchisi Shohjahon Zaripov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubi futbolchisi Shohjahon Zaripovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliganing 15-turi doirasidagi “TerDU” – “Yaypan” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 41-daqiqasida “TerDU” futbol klubi futbolchisi Oybek Shomurodov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubi futbolchisi Oybek Shomurodovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliganing 15-turi doirasidagi “TerDU” – “Yaypan” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 72-daqiqasida “TerDU” futbol klubi futbolchisi Nurmuhammad Nomozov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubi futbolchisi Nurmuhammad Nomozovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Lochin” – “Yaypan”
Proliganing 13-turi doirasidagi “Lochin” – “Yaypan” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra Proliga Reglamentining 14.17-bandiga asosan uchrashuv video yozuvini Ligaga taqdim etishi shart bo'lsa-da, “Lochin” futbol klubi uchrashuv yozuvini taqdim qilmagani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Lochin” futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.
“Kattaqo'rg'on” – “Jayxun”
Proliganing 14-turi doirasidagi “Kattaqo'rg'on” – “Jayxun” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 65-daqiqasida “Jayxun” futbol klubi futbolchisi Umidjon Karilov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Jayxun” futbol klubi futbolchisi Umidjon Karilovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Metallurg” – “Yaypan”
Proliganing 14-turi doirasidagi “Metallurg” – “Yaypan” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 75-daqiqasida “Yaypan” futbol klubi futbolchisi Samandar Sindarov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Yaypan” futbol klubi futbolchisi Samandar Sindarovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Jayxun” – “FarDU”
Pro liganing 15-turi doirasidagi “Jayxun” – “FarDU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 44-daqiqasida “FarDU” futbol klubi futbolchisi Riza Ayvazov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “FarDU” futbol klubi futbolchisi Riza Ayvazovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Aral” – “BuxDU”
Proliganing 15-turi doirasidagi “Aral” – “BuxDU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 81-daqiqasida “Aral” futbol klubi futbolchisi Farruxbek Muxtorov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Aral” futbol klubi futbolchisi Farruxbek Muxtorovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliganing 15-turi doirasidagi “Aral” – “BuxDU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 32-daqiqasida “Aral” futbol klubi futbolchisi Mirzabek Daryabaev simulyaciya ishlatgani uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Aral” futbol klubi futbolchisi Mirzabek Daryabaevga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
U-21 Chempionati
“Nasaf” U-21 – “Qo'qon-1912” U-21
U-21 chempionatining 16-turi doirasidagi “Nasaf U-21” – “Qo'qon-1912 U-21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 54-daqiqasida “Qo'qon-1912” U-21 futbol klubi futbolchisi Muhammadamirxon Qodirov to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib futbolchisining qorin qismiga zarba berganidan so'ng, “Nasaf” U-21 futbol klubi futbolchisi Javohir Iskandarov to'psiz vaziyatda boshi bilan raqib futbolchisining yuziga zarba bergani uchun har ikkala futbolchiga qizil kartochkalar ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Muhammadamirxon Qodirovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
U-21 chempionatining 16-turi doirasidagi “Nasaf” U-21 – “Qo'qon-1912” U-21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Qo'qon-1912” U-21 futbol klubi futbolchisi Odiljon G'aniev gol urganidan so'ng haqoratli so'zlar va imo-ishora ishlatgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Odiljon G'anievga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
“Navbahor” U-21 – “Bunyodkor” U-21
U-21 chempionatining 16-turi doirasidagi “Navbahor” U-21 – “Bunyodkor” U-21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 16-daqiqasida “Navbahor” U-21 futbol klubi murabbiyi Sherzod Jo'raev hakamni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Navbahor” futbol klubi murabbiyi Sherzod Jo'raevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
Birinchi liga
“Jizzax FA” – Ahmedov FK
Birinchi liganing 10-turi doirasidagi “Jizzax FA” – “Ahmedov FK” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 83-daqiqasida “Ahmedov FK” futbol klubi futbolchisi Abduraxmon Abduraimov to'p uchun kurashda tirsagi bilan raqib futbolchisining yuziga urgani uchun futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Ahmedov FK” futbol klubi futbolchisi Abduraxmon Abduraimovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
U-19 Chempionati
“Guliston” U-19 – “Nasaf” U-19
U-19 chempionatining 10-turi doirasidagi “Guliston” U-19 – “Nasaf” U-19 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 63-daqiqasida “Guliston” U-19 futbol klubi murabbiyi Abbosbek Maxstaliev hakamni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Guliston” futbol klubi murabbiyi Abbosbek Maxstalievga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
“Qizilqum” U-19 – “Surxon” U-19
U-19 chempionatining 10-turi doirasidagi “Qizilqum” U-19 – “Surxon” U-19 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 30-daqiqasida “Surxon” U-19 futbol klubi futbolchisi Chingiz Ergashov hakamni namoyishkorona nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Surxon” futbol klubi futbolchisi Chingiz Ergashovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
U-19 chempionatining 10-turi doirasidagi “Qizilqum” U-19 – “Surxon” U-19 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 81-daqiqasida “Surxon” U-19 futbol klubi futbolchisi Farrux Normurodov qo'li bilan raqib futbolchisining yuziga zarba bergan, unga javoban “Qizilqum” U-19 futbol klubi futbolchisi Jasurbek Safarboev oyog'i bilan raqib futbolchisining oyog'iga zarba bergani uchun har ikkala futbolchiga qizil kartochkalar ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Surxon” futbol klubi futbolchisi Farrux Normurodovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Safarboevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
“Kattaqo'rg'on” U-19 – “Olimpik-MobiUz” U-19
U-19 chempionatining 10-turi doirasidagi “Kattaqo'rg'on U-19” – “Olimpik-MobiUz” U-19 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 66-daqiqasida “Olimpik-MobiUz” U-19 futbol klubi futbolchisi Sarvarbek A'zamov raqib futbolchisini namoyishkorona nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Olimpik-MobiUz” futbol klubi futbolchisi Sarvarbek A'zamovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
“Yaypan” U-19 – “Neftchi” U-19
U-19 chempionatining 10-turi doirasidagi “Yaypan U-19” – “Neftchi U-19” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 16-daqiqasida “Yaypan U-19” futbol klubi futbolchisi Dilmurod Axmadjonov to'psiz vaziyatda boshi bilan raqib futbolchisining yuziga zarba bergani uchun futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Yaypan U-19” futbol klubi futbolchisi Dilmurod Axmadjonovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.

