

Superliga
19-tur
"Qo'qon-1912" - "Buxoro" 0:0
Qo'qon. “Markaziy” stadioni. 19:00
Bosh hakam: Jasur Muxtorov
Qanot hakamlari: Shohruh Maqsudov, Adhamjon Rixsiboev
Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov
Nazoratchi: Timur Galeev
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Alisher Rahimqulov
Komissar: Davron Ibrohimov
“Qo'qon-1912”: 13.Rahimjon Davronov, 5.Jasur Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov, 11.Silvanus Nimeli, 14.Ibrohim Yo'ldoshev, 15.Zafar Hakimov, 21.G'ulomhaydar Gulyamov, 44.Andro Giorgadze, 69.Egor Kondratyuk, 99.Muhammadanas Hasanov.
Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 4.Asliddin Toshtemirov, 9.Javohir Husanov, 10.Shohruh Gadoev, 19.Shahzod Akramov, 20.Iqboljon Malikjonov, 22.Toma Tabatadze, 71.Elbekjon Yo'lchiev, 90.Akbar O'ktamov.
“Buxoro”: 12.Umidjon Hamroev, 5.Sardor Qulmatov, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shahzodbek Ubaydullaev, 11.Timur Mamasidiqov, 21.Quvondiq Ro'ziev, 25.Sherzod Esanov, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich, 97.Shahboz Jo'rabekov.
Zaxira: 13.Azizxon Isaqov, 4.Nodir Ahmadjonov, 8.Anvarjon Jo'raev, 9.Nika Kacharava, 18.Ozodbek Rajabov, 19.Abbos Umarov, 22.Asadbek Jo'raboev, 77.Asilbek Qayyumov, 88.Dominik Begich.
⏸ 45+3-daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hakamning hushtagi chalindi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0.
⚠️ 45+3-daqiqa. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning yon chiziqdan oshirgan to'pini Silvanus Nimeli qabul qilib, Egor Kondratyukka etkazdi. Kondratyukning aylanma zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Qaytib chiqqan to'pga Zafar Hakimov kuchli zarba yo'lladi, biroq Kirill Todorov o'z vaqtida faollik ko'rsatib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam ushbu bo'limga 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.
39-daqiqa. Javohir Sidiqov jarima to'pini yana raqib jarima maydoniga etkazib berdi, ammo mehmonlar darvozaboni Umidjon Hamroev ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi.
32-daqiqa. Uchrashuvda keskin va xavfli vaziyatlar deyarli kuzatilmayapti, kurash asosan maydon markazida kechmoqda. Shu bilan birga, maydon sifatining pastligi ham jamoalarning tezkor va kombinacion o'yin namoyish etishiga biroz to'sqinlik qilmoqda.
24-daqiqa. Javohir Sidiqovning standart vaziyatdan havolatib oshirgan to'pini Asliddin Toshtemirov bosh bilan darvozaga yo'lladi, biroq uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.
20-daqiqa. Maydon markazida Ravshan Xayrullaevga nisbatan qoida buzildi. Mehmonlar to'pni o'yinga kiritadi.
⚠️ 13-daqiqa. Xavfli vaziyat! Javohir Sidiqov jarima zarbasidan to'pni raqib jarima maydoniga uzatdi, biroq himoyachi to'pni bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi.
12-daqiqa. Muhammadanas Hasanovga to'pni oldirib qo'ygan Kirill Todorov qoidani buzishga majbur bo'ldi. Hakam jarima maydoni yaqinida qo'qonliklar foydasiga xavfli standart vaziyat belgiladi.
1-daqiqa. Bosh hakam Jasur Muxtorovning hushtagi yangradi va "Qo'qon-1912" hamda "Buxoro" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga start berildi.



