

"Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ularning bugungi o'yini bilan g'alabaga munosib edi. O'z darvozamizga gol kiritib qo'yib, raqibning vazifasini osonlashtirdik. Ikkinchi bo'limda esa hujumda ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik. Uzun to'plarga o'tib ketdik. Nega bunday qildik bilmayman. Bunday holatlarda aniq paslar bilan to'pni nazorat qilish kerak. Umumiy qilib aytganda, hujum tashkil etishda oqsadik. Himoyada esa qo'pol xatoga yo'l qo'ydik", - deya gap boshladi Ro'ziqul Berdiev.
- Muxlislar jamoangizga qanchalik ta’sir o'tkaza oldi?
- Bu mezbonga qo'l keldi. Stadion deyarli to'ldi. Muxlislar qanchalik ko'p bo'lishi mezbonga madad bo'ladi.
- Jamoangiz so'nggi o'yinlarda barqaror o'yin namoyish eta olmayapti. Endi boshlanadigan OCHL musobaqasi oldidan bunday holat sizni xavotirga solmayaptimi?
- Jamoadagi ichki holatni yaxshi bilaman. Hech kim bilan bu haqda muhokama qilmoqchi emasman. Yetakchilarimiz bor. Biz ikkita yaxshi jamoa bilan o'ynab, mag'lub bo'ldik. Jamoam vaziyatni o'nglash uchun kuch topa oladi.
- Kubokda yana "Navbahor" bilan o'ynaysizlar...
- Kubok o'yini bir bahsdan iborat. Bugungi o'yin ushbu raqib bilan o'ynasa bo'lishini ko'rsatdi. Tartibliroq o'ynashimiz kerak. Jamoamiz tiklanishga ulguradi degan umiddaman.



