

13-turning eng yaxshi darvozaboni - Edem Nemanov (“Dinamo”)
“Dinamo”ning uch ochkoni qo'lga kiritishida darvozabonlarning o'rni beqiyos bo'ldi, ayniqsa, o'z darvozabonining seyvlari jamoa joniga oro kirdi. Ushbu turda Edem Nemanovdan boshqa eng yaxshi darvozabonni ko'rmadik. “Surxon”ga qarshi o'yinda 5 ta seyv amalga oshirgan posbon SofaScore portalida 7,1 ball oldi.

13-turning eng yaxshi murabbiyi - Sergey Lushchan (“Mashal”)
O'tgan turda “Bunyodkor” maydonida 3:1 hisobida g'alabaga erishgan “Nasaf”ni ko'pchilik yana o'ziga kelib oldi va “Mashal”ni osonlik bilan mag'lub etadi, deyishgandi. Lekin amalda bunday bo'lmadi. “Nasaf”ga yaxshigina jang taklif qilindi va jamoa ikki ochkoni yo'qotdi, desak ham bo'ladi. Barchasiga darvozabonning o'tkazib yuborgan goli sabab bo'ldi. “Mashal” Lushchan qo'l ostida ikkinchi o'yinda ham mag'lub bo'lmadi.

13-turning eng yaxshi futbolchisi - Ikrom Aliboev (“Neftchi”)
“Neftchi”ning “So'g'diyona” maydonidagi g'alabasini kutilmagan deyish mumkin emas. Lekin vaziyatdan kelib chiqsak, jamoa anchagina mehnat qildi va g'alabaga erishdi. Bunda Ikrom Aliboevning ikkita golli pasi muhim o'rin tutdi. Shu sababli Ikrom Aliboevni saytimiz eng yaxshi futbolchi deb tanlab oldi.

13-turning eng chiroyli goli muallifi - Asadbek Sobirjonov (OKMK)
Nafaqat turning, balki, yilning ham eng chiroyli goli bo'lish uchun nomzodlardan biri. Asadbek Sobirjonovning golini tariflab o'tirmaymiz. Bu golni o'zingiz tomosha qiling.

13-turning ramziy jamoasi shunday ko'rinish oldi:




