Sergey Lushchan: "Natijadan ko'nglim to'ldi, chunki hozirgi holatda har bir ochko juda muhim"

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2026, 02:00
"Mashal" hamda "Nasaf" o'rtasidagi Superliganing 13-tur bahsidan (1:1) so'ng Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Sergey Lushchan: “Deyarli 90 daqiqa himoyalandik va buni yaxshi uddaladik deb o'layman. Hozir himoya ustida ishlayapmiz. Birinchi davrada ko'p gol o'tkazib yuborganmiz, o'yin avval himoya orqali quriladi. Bu endi ikkinchi o'yinimiz. Jamoa talablarimizni qanday qabul qilayotganidan mamnunman. Natijadan ko'nglim to'ldi, chunki hozirgi holatda har bir ochko juda muhim.

- Jamoa Superligada jon saqlab qolishi uchun qanday ishlarni amalga oshiryapsiz?
- Asosiy vazifam: Yangi jamoa yaratish. Mashg'ulotlardagi harakatlar bo'yicha tarkib tuzyapmiz. Yaxshi yosh futbolchilar bor.

- Ikkinchi bo'lim boshida zaxiradan darvozabonni maydonga tushirdindiz…
- To'xtaboev yaxshi o'ynadi, darvozabonda ishonch bo'lishi kerak. Rusanov to'pga chiqishlarda yaxshi ekanligini ko'rgandik, shu sababli uni o'yinga tushirishga majbur bo'ldik. Ko'rganingizdek u o'zini ko'rsata oldi.

- Jamoa 4 oydan beri maosh olmayapti. “Mashal”dagi ichki muhit qanday?
- Bu mavzuda yigitlar bilan ko'p gaplashdik. Har yili qaysidir jamoada maosh kechikadi. Ayni damda vaziyat juda og'irligini tushunib turibman. Yigitlar menga kelajak uchun ishlashga vada berishdi. Pul hech qaerga kyetmaydi, ammo hammada pulga ehtiyoj bor. Hozircha kelishmovchiliklar yo'q. Vaziyat o'nglanishiga umid qilamiz. Pul etarli bo'lsa, sifatli futbolchilar ham shunga yarasha bo'ladi. Pul bo'lmasa chempionat sifati pasayadi, JCHga chiqish imkonyatlarimiz ham kamayishi tabiiy.

- Jamoa bu mavsum Superligada jon saqlab qolsa, kelasi mavsum chempionlik uchun da'vogarlik qilishi mumkinmi?
- Chempionlik uchun har tomonlama yaxshi holatda bo'lishimiz kerak. Moliyaviy jihatdan, mashg'ulotlarda. Selekciya… Har bir jamoaning eng kuchli futbolchilarini jalb qilishimiz lozim.

- Hozirgi tarkib sizni qoniqtiryaptimi? Bu tarkib bilan ligada jon saqlab qola olasizmi?
- Bu savolga 5-6 turdan so'ng javob bera olaman. Hozir bor futbolchilar bilan itdek shug'ullanyapmiz. Hamma borini berib ishlasa, vazifani uddalay olamiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia