

"Tarkibni kuchaytirish ishlari davom etayotgan mahalda jamoamizga yana bir yangi futbolchi qo'shildi: Po'latxo'ja Xoldorxonov endi "Andijon" futbolchisi. U bilan shartnoma imzolandi va yangi mavsumda "burgutlar" uchun o'ynaydi.
Po'latxo'ja Xoldorxonov 2003 yilning 6 iyul sanasida tavallud topgan. O'tgan yili birinchi davrada "Navbahor", ikkinchi davrada "Sho'rtan" safida to'p tepdi. Hujumchi namanganliklar safida (Superliga va Kubok) 9 o'yinda 1 ta gol urgan bo'lsa, "Sho'rtan"da (Superliga va Kubok) 16 bellashuvda 7 ta gol muallifiga aylandi.
Shuningdek, Xoldorxonov "Paxtakor" va "Olimpik"da ham faoliyat olib borgan", – deyiladi xabarda.




