Bobur Abdurahmonov: “Bolalar bugun o'ziga o'xshamadi”

Aslanov Jasurbek
21 sen 2026, 20:44
Proliganing 20-turidan o'rin olgan “Paxtakor FJ” - “Sho'rtan” (0:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Bobur Abdurahmonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bobur aka, o'yin haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz... 
- Bugun bolalar juda yomon o'yin ko'rsatishdi. “Sho'rtan” jamoasi aksincha juda yaxshi o'ynadi. Maydonda yoshi katta bo'lishiga qaramay, ularda vazifa va g'alabaga bo'lgan xohish ko'proq edi. Bolalarning bugungi o'yini meni qoniqtirmadi.

- Futbolchilar tayanch zonasidan hujumga o'tishda qiynalyapti. Bu nima bilan bog'liq; oldingi chiziqda o'zini taklif qilayotgan futbolchi yo'qligi bilan yoki yarim himoyadagilar to'pni ko'p ushlab turishibdimi? 
- Bugun bolalar o'ziga o'xshamadi, texnikali o'yinchilarimiz ham ko'p xatolarga yo'l qo'yishdi. Sababini shunda deb bilaman. Hatto texnik jihatdan kuchli o'yinchilarimiz ham oddiy vaziyatlarda xato qilishdi. Balki bolalarni o'yinga optimal formada olib kela olmagandirmiz, balki bu bizning aybimizdir.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia