

27 yoshli fransiyalik futbolchi A Seriya 5-turidan o'rin olgan "Atalanta"ga qarshi uchrashuvning (2:0) birinchi bo'limida jarohat oldi.
Futbolchi o'ng qo'lining beshinchi barmog'ini shikastlab olgan. O'yindan keyin o'tkazilgan tibbiy ko'rik proksimal falanganing sinishini tasdiqladi va bu jarrohlik amaliyotini talab qildi - osteosintez bo'yicha operaciya bajarildi. Xabarda shuningdek, o'sha kuni kunduzi o'tkazilgan muolaja muvaffaqiyatli o'tgani va futbolchi jamoa qaydnomasiga kiritilishi uchun tayyor holatda qolishi takidlangan.
Kolo Muani 2026/27 yilgi mavsum 6 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Yuventus" bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.


