Todd Boeli "Chelsi"ni tark etishini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
17 sen 2026, 14:00
"Chelsi" rasmiy saytida Clearlake Capital Group (Clearlake) sho'ba korxonalari Todd Boeli va Mark Uolterning ulushini sotib olishi hamda klub ustidan to'liq nazoratni qo'lga kiritishi haqida ma'lumot berdi.

Xansyorg Viss egalik tuzilmasida muhim akciyador va hamkor bo'lib qoladi.

"Chelsi" futbol klubi boshqaruvi raisi lavozimini egallash men uchun sharaf bo'ldi. Klubning porloq kelajagini taminlashda yordam bergan barchaga, jumladan, Angliya Premer-ligasi, murabbiylar va futbolchilar, "Chelsi"ning istedodli rahbarlari va xodimlari, shuningdek, ko'plab sodiq muxlislarga minnatdorlik bildirmoqchiman.

Men Clearlake va boshqa mulkdorlar bilan hamkorlikni, shuningdek, klubning qisqa va uzoq muddatli muvaffaqiyatiga qaratilgan birgalikdagi qarorlar hamda investiciyalarni yuqori baholadim. Ishonchim komilki, Clearlake rahbarligi ostida "Chelsi" yanada yuksak muvaffaqiyatlarga erishish uchun barcha imkoniyatlarga ega", – dedi Boeli.

Klub "Chelsi"ning kundalik faoliyati, rahbariyati va strategik yo'nalishida hech qanday o'zgarishlar bo'lmasligini alohida ta'kidladi.

Boeli va Uolter 2022 yilda "Chelsi"ni rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichdan sotib olgan investorlar guruhiga kirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif