

- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalambor qo'lga kiritilgan yutuq bilan g'uzorlik muxlislarni tabriklayman hamda chiroyli o'yin namoyish etgan futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman. O'yinga keladigan bo'lsak, raqibimiz "TerDU" oxirgi o'rinni egallab turgan bo'lsa ham, o'yini bor. Yaxshi shakllangan jamoa, shuning uchun birinchi bo'limda ehtiyot bo'lib harakat qildik. Ikkinchi taymda esa e'tiborni ko'proq hujumga qaratdik va bu uslubimiz o'z natijasini berdi.
- Bugun jamoangiz harakatidan qoniqdingizmi? Berilgan ko'rsatmalar to'liq bajarildimi?
- Ikkita o'yindan beri jamoamiz gol ura boshladi. Buni oz bo'lsa-da oldinga siljish desa bo'ladi. Bu nima degani? Futbolchilar o'z kuchlariga ishona boshlashyapti. Ha, qayerdadir xatolar bo'lyapti. Bu ko'proq shoshilish bilan bog'liq. Buni o'zgartirishga vaqtimiz ham, imkonimiz ham bor. Shunday o'yinlarda bizdan ko'proq motivaciya topib berish talab qilinadi. Chunki jamoamiz ikkinchi o'rinda boryapti, raqibimiz esa oxirgi o'rinda.
- O'yindan oldin raqibni mensimaslik holati kuzatildimi?
- Futbolchilarimiz bunday fikrga borishgani yo'q. Baribir hammamiz insonmiz, xayoldan bir marta bo'lsa ham shunday o'y o'tadi. O'yinga ruhiy tomonlama tayyorgarlikda bu holat ozgina bo'lsa-da sezilib turgandi.
- O'yin davomida ko'rdikki, futbolchilar uzoqdan zarbalarni ko'p marta yo'llashdi. Bu siz tomondan berilgan ko'satmamidi yoki futbolchilarning o'ziga qo'yib berganmisiz?
- Bu futbolning talabi. Har bir hujum imkon qadar yakun topishi kerak. "Yaypan" bilan bahsda ikkita golimiz uzoqdan berilgan zarba tufayli sodir bo'ldi. O'yinchilarimizning futbolga bo'lgan munosabati o'zgarib boryapti. Bu esa bizni xursand qilmoqda.



