

“Mourinyu “Real” muxlislariga katta quvonch bag'ishlaydi, Madrid jamoasi esa barcha turnirlarda juda xavfli raqibga aylanadi. Mening transferim uchun qanchalik qattiq kurashganini bilaman, shuning uchun uni alohida qadrlayman. Bunday narsalar aslo unutilmaydi. U uchun har qanday ishga tayyorman. Unga doimo eng ezgu tilaklarni tilab qolaman.
Menimcha, u to'g'ri joyda, chunki bu - dunyoning eng yaxshi klubi, uning o'zi esa - tarixdagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Bu juda ajoyib uyg'unlik va u shubhasiz boshqa jamoalarni qo'rquvga soladi”, – dedi Modrich.
“Real” dastlabki uch turda 3 ta g'alabaga erishib, to'plar farqiga ko'ra “Barselona”dan ortda qolgan holda La Liga turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.



