

Ayni damda "Al Nassr” safida to'p tepayotgan 41 yoshli portugaliyalik yulduz hisobida 978 ta gol bor.
"Krishtianu Ronaldu va 1000 ta gol? Krishtianu - aql bovar qilmas futbolchi. U fenomen, haqiqiy "yirtqich" va bu natijaga erishishiga hech qanday shubham yo'q.
Uning amalga oshirgan barcha ishlari, hozirda ham buni davom ettirayotgani va har bir o'yinda bor kuchi bilan, yuz foiz kurashishi faqat hayrat uyg'otadi. "Real"da birgalikda erishgan va yutgan narsalarimiz sabab men unga alohida hurmat va iliqlik bilan qarayman, shuning uchun u bu marraga imkon qadar tezroq erishadi deb umid qilaman. Ammo uning oldida kamida yana bir yil bor va yuqorida aytganimdek, u buni uddalashiga ishonchim komil. Bu shunchaki hayratlanarli. U yana qancha o'ynashni istaydi bilmayman, lekin hatto 50 yoshgacha o'ynashni xohlasa ham gol urishda davom etaveradi.
Uning gol urish qobiliyati aql bovar qilmas darajada, lekin eng muhimi - uning xarakteri, o'ziga va o'z kuchiga bo'lgan ishonchi. Bu chinakam mo'jiza", – dedi Modrich.



