

41 yoshli xorvat xavbegi o'zining keljakdagi rejalari haqida Xorvatiya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi Millatlar ligasi uchrashuvi tugaganonoq fikr bildirdi. Hozircha “Oltin to'p” sohibi A Seriyadagi o'yin faoliyatiga to'liq e'tibor qaratgan va uzoqni ko'zlagan holda faoliyatini yakunlash muddatini hali qatiy belgilamagan.
- “Real”ga qaytish orzu bo'lar edi, - deya Modrichning so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca. - Biroq bunday qadamni qo'yishdan oldin puxta tayyorgarlik ko'rishim, qanday lavozimni egallay olishimni aniq tushunib olishim va Madrid rahbariyati bu hamkorlikdan manfaatdor ekaniga amin bo'lishim kerak. “Real” - mening uyim va hayotimdagi klub. Shu bilan birga, “qirollik klubi” tuzilmasida ishlash bo'yicha hozircha aniq va tasdiqlangan rejalarim yo'q.
Eslatib o'tamiz, buyuk xorvat yarim himoyachisi madridliklar safida 13 yil - 2012 yildan 2025 yilgacha to'p surgan. Ushbu fenomenal davrda Modrich “qaymoqranglilar” safida 590 ta o'yin o'tkazib, jamoa bilan birgalikda 28 ta sovrinni, jumladan, La Liganing to'rtta tituli va UEFA Chempionlar ligasining oltita kubogini qo'lga kiritgan. 2018 yilda esa xavbek nufuzli “Oltin to'p” mukofotiga sazovor bo'lgan edi.



