Afsona qolmoqda: “Milan” Modrich bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2026, 11:25
“Milan” tajribali xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

“Rossoneri” yangi bitimni 1 yilga - 2027 yilning iyun oyi oxirigacha uzaytirdi. Shu tariqa, Modrich 42 yoshga to'lishiga 2 oy qolganida jamoani tark etadi.

Chempionlar Ligasining 6 karra g'olibi o'tgan mavsum “rossoneri” safida 37 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Milan” Yevropa futboli elitasiga qaytishni uddalay olmadi va A Seriyadagi 5-o'rindan so'ng keyingi evrokubok mavsumini Yevropa Ligasida o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acmilan.com