IbrohimHalil Yo'ldoshevning jarohati haqida ma'lumot berildi

27 apr 2026, 07:59
Bu haqda "Neftchi" matbuot xizmati vakili Saidafzal Abdullaev o'zining telegramdagi kanalida ma'lum qildi.

"Uchrashuvdan so'ng futbolchi klub shifokorlari tomonidan to'liq tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Tekshiruvlar natijasiga ko'ra, jarohat jiddiy emasligi aniqlandi.

Hozirda futbolchi tiklanish jarayonini boshlagan va klub tibbiy shtabi nazorati ostida davolash–reabilitaciya muolajalarini davom ettirmoqda.

Dastlabki prognozlarga ko'ra, Ibrohim Halil Yo'ldashev 7–10 kun ichida umumiy mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda", - deyilgan xabarda.

Eslatib o'tamiz, Yo'ldoshev "Xorazm"ga qarshi bahsda jarohat olib, maydonni tark etgandi.


Manba: @blogn01