O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston Suriyani yirik hisobda mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
1 okt 2026, 20:50
O'zbekiston hamda Suriya o'rtasidagi o'rtoqlik bahsi yakunlandi.

O'rtoqlik uchrashuvi

O'zbekiston – Suriya 4:1

Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 19:00

Hakamlar: Sayyodjon Zayniddinov, Ismoil Nuraliev, Farhod Kuralov

Gollar: 1:0 – 27, Sherzod Esanov (Husayn Norchaev); 2:0 – 45, Akmal Mozgovoy; 3:0 – 49, Husayn Norchaev (Abbos Fayzullayev); 4:0 – 90, Husayn Norchaev (Diyor Xolmatov); 4:1 – 90+2, Mahmud al-Mavos.

O'zbekiston: 12.Abduvohid Ne'matov, 2.Abduqodir Husanov (26.Nurmuhammad Abdug'aniev, 86), 4.Behruz Karimov (3.Hojiakbar Alijonov, 63), 5.Jahongir O'rozov (27.Muhammad Hakimov, 86), 6.Akmal Mozgovoy (24.Diyor Xolmatov, 78), 9.Odil Hamrobekov (7.Umarali Rahmonaliev, 63), 20.Aziz Amonov (11.Aziz Xolmurodov, 78), 21.Husayn Norchaev, 22.Abbos Fayzullayev (8.Jasurbek Jaloliddinov, 63), 23.Sherzod Esanov, 25.Mahmud Mahamadjonov.

Zaxira: 1.Vladimir Nazarov, 16.Edem Nemanov, 10.Aziz G'aniev, 13.Sherzod Nasrullaev, 14.Eldor Shomurodov, 15.Edem Nemanov, 16.Dostonbek Hamdamov, 17.Behruz O'ktamov, 18.Ruslanbek Jiyanov.

Suriya: 22.Elias Hadaya, 2.Ahmad Faqa, 4.Ayham Hanz Usu, 5.Abdulloh ash-Shomiy (6.Xolid Kurdogli, 58), 7.Jan Yahyo Mustafo (10.Mahmud al-Mavos, 58), 11.Mahmud al-Asvad (16.Elmar Abraham, 46), 14.Muhammad Usmon (17.Visom Duxon, 88), 15.Ahmad Yosin ad-Dali (19.Zakariyo Hannon, 46), 18.Yohannes Danho (13.Abdurrazzoq al-Muhammad, 58), 20.Nuh Leon (9.Umar as-Soma, 58), 21.Alouddin Yosin ad-Dali (8.Muhammad al-Halloq, 46)

Zaxira: 1.Ahmad Madaniya, 23.Shohir as-Saker, 3.Jumaa az-Zlit, 12.Mustafo Abdullatif.

Ogohlantirishlar: Mahmud al-Asvad (11), Mahmud Mahamadjonov (77)

🏁 Uchrashuv yakunlandi!

Bosh hakam Sayyodjon Zayniddinovning final hushtagi yangradi. Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida kechgan qiziqarli va gollarga boy do'stona bahsda O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriya terma jamoasi ustidan 4:1 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuvda vakillarimizdan Sherzod Esanov va Akmal Mozgovoy bittadan, Husayn Norchaev esa dubl qayd etib jamoamizning g'alabasini taminladi.

⚽ 90+2'. GOL. Suriya terma jamoasi oradagi farqni qisqartirmoqda. O'ng qanotdan Mahmud al-Mavosning jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pi dastlab Muhammad Hakimovning oyog'iga tegib, yo'nalishini keskin o'zgartirdi va darvozabon Abduvohid Ne'matov to'pni qaytarishga ulgurmay qoldi – 4:1.

⏱️ 90'. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga bosh hakam tomonidan 3 daqiqa qo'shib berildi.

⚽ 90'. GOOOOOOOOL! Hisob yirik ko'rinish oldi – 4:0! Chap qanotdan Diyor Xolmatov jarima maydonchasi ichiga juda aniq uzatmani amalga oshirdi. To'pga chaqqonlik bilan yetib kelgan Husayn Norchaev bosh bilan aniq va kuchli zarba yo'llab, darvoza to'rini ishg'ol etdi hamda uchrashuvdagi o'zining ikkinchi golini urdi!

🔄 88'. Suriya terma jamoasida o'zgarish: jamoa sardori Muhammad Usmon o'rniga Visom Duxon maydonga tushdi.

🔄 86'. O'zbekiston milliy terma jamoasi safida navbatdagi o'zgarishlar ro'y berdi: Jahongir O'rozov o'rniga Muhammad Hakimov, Abduqodir Husanov o'rniga esa Nurmuhammad Abdug'aniev maydonga tushirildi.

⚠️ 82'. Suriya terma jamoasidan xavfli vaziyat! Muhammad Usmon jarima zarbasidan to'pni ustalik bilan oldinga uzatdi. Qulay poziciyaga chiqib borgan Abdurrazzoq al-Muhammad darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq to'p to'sinning biroz yuqorisidan o'tib ketdi.

🔄 78'. O'zbekiston milliy terma jamoasi safida yana ikki o'zgarish: Akmal Mozgovoy o'rniga Diyor Xolmatov hamda Aziz Amonov o'rniga Aziz Xolmurodov bahsga qo'shildi.

🟨 77'. O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Mahmud Mahamadjonov raqib futbolchisi Ayham Hanz Usuga nisbatan qo'pollik ishlatgani sababli bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

76'. Suriya terma jamoasi standart vaziyatga ega bo'ldi. Mahmud al-Mavosning jarima zarbasidan uzatgan xavfli to'pini darvozabon Abduvohid Ne'matov ishonchli harakat qilib, mushtlari bilan urib yubordi va xavfni bartaraf etdi.

⚠️ 72'. Maydonda keskinlik kuchayib, ikki jamoa futbolchilari o'rtasida jiddiy janjal kelib chiqdi. Dastlab Sherzod Esanov bilan to'qnashuvdan so'ng Muhammad al-Halloq maydonda qoldi, biroq bosh hakam o'yinni davom ettirishga ruxsat berdi. Hujumning davomida sherigidan to'pni qabul qilib olgan Mahmud Mahamadjonovga nisbatan Zakariyo Hannon qasddan juda qo'pol harakat qildi. Bu vaziyatdan so'ng maydonda futbolchilar o'rtasidagi tortishuv ommaviy to'qnashuvga aylanib ketdi. Hakamlar ehtiroslarni jilovlashga harakat qilmoqda.

69'. O'zbekiston terma jamoasi hujumni davom ettirmoqda. Umarali Rahmonaliev olis masofadan kuchli zarba yo'lladi, biroq raqib himoyachisi to'p yo'liga to'g'anoq bo'lib, zarbani qaytarishga erishdi.

🔄 63'. O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi safda ketma-ket uchta o'zgarishga qo'l urdi: Odil Hamrobekov o'rniga Umarali Rahmonaliev, Abbos Fayzullayev o'rniga Jasurbek Jaloliddinov hamda Behruz Karimov o'rniga Hojiakbar Alijonov maydonga tushirildi.

🔄 58'. Suriya terma jamoasi safida birdaniga to'rtta o'zgarish amalga oshirildi: Jan Yahyo Mustafo o'rniga Mahmud al-Mavos, Nuh Leon o'rniga Umar as-Soma, Abdulloh ash-Shomiy o'rniga Xolid Kurdogli hamda Yohannes Danho o'rniga Abdurrazzoq al-Muhammad maydonga tushdi.

⚽ 49'. GOOOOOOOOL! Hisob yirik ko'rinishga kelmoqda! Chap qanotdan Abbos Fayzullayev jarima maydonchasi ichiga juda aniq uzatmani amalga oshirdi. To'pga birinchi bo'lib yetib kelgan Husayn Norchaev bosh bilan kuchli va aniq zarba yo'llab, to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi – 3:0!

▶️ 46'. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Suriya terma jamoasi tarkibida tanaffusdayoq ketma-ket uchta o'zgarish yuz berdi: Alouddin Yosin ad-Dali o'rniga Muhammad al-Halloq, Ahmad Yosin ad-Dali o'rniga Zakariyo Hannon hamda Mahmud al-Asvad o'rniga Elmar Abraham maydonga tushirildi. Jamoalar yana kurashga kirishdi.

⏸️ Birinchi bo'lim yakunlandi!

Bosh hakam Sayyodjon Zayniddinov jamoalarni tanaffusga chorlovchi hushtagini chaldi. Dastlabki 45 daqiqalik to'liq O'zbekiston milliy terma jamoasining ustunligi ostida o'tdi va Sherzod Esanov hamda Akmal Mozgovoy tomonidan kiritilgan gollar evaziga vakillarimiz tanaffusga 2:0 hisobidagi ishonchli ustunlik bilan yo'l olishmoqda.

Tanaffus.

⚽ 45'. GOOOOOOOOL! Aziz Amonov uzun va kesma pas bilan Akmal Mozgovoyni raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqardi. Mozgovoyning dastlabki zarbasini Elias Hadaya qaytarishga erishdi, biroq qaytgan to'pga Akmal ikkinchi urinishda qayta zarba yo'lladi – to'p ustunga tegib to'rdan joy oldi! Hisob yiriklashmoqda – 2:0!

⚠️ 42'. O'zbekiston terma jamoasidan xavfli vaziyat! Aziz Amonov jarima zarbasidan to'pni ustalik bilan oldinga uzatdi. Hujumga qo'shilgan Akmal Mozgovoy bosh bilan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq to'p ustunning birozgina yonidan o'tib ketdi.

⚠️ 33'. O'zbekiston terma jamoasidan navbatdagi xavfli vaziyat! Akmal Mozgovoy jarima maydonchasi ichiga aniq uzatma amalga oshirdi. Mahmud Mahamadjonov to'pni to'xtatmasdan, chap oyoqda kuchli zarba berdi, biroq to'p darvoza to'sini ustidan biroz noaniq o'tib ketdi.

⚽ 27'. GOOOOOOOOL! Hisob ochildi! Chap qanotdan to'p aut orqali o'yinga kiritildi, Husayn Norchaev butsasining tashqi tomoni bilan to'pni orqaroqqa uzatdi. Jarima maydonchasida to'pni qabul qilib olgan Sherzod Esanov aylanma zarba yo'llab, darvozaning uzoq pastki burchagini aniq nishonga oldi – 1:0!

⚠️ 19'. O'zbekiston terma jamoasidan xavfli hujum! Chap qanot orqali uyushtirilgan hujum davomida Mahmud Mahamadjonov jarima maydonchasi ichiga aniq pas uzatdi. Qulay nuqtada bo'lgan Akmal Mozgovoy darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq to'p ustun yonidan o'tib ketdi.

🟨 11'. Suriya terma jamoasi a'zosi Mahmud al-Asvad qoidani buzdi: u Mahmud Mahamadjonovni libosidan tortib qolgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

⚠️ 3'. Suriya terma jamoasidan juda xavfli vaziyat! Burchakdan uzatilgan to'pni himoyachilarimiz bartaraf etishdi, ammo qaytgan to'pga Jan Mustafo chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi – to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Hujumning davomida qaytgan to'pni Ayham Usu darvozaga yo'lladi, Abduvohid Ne'matov katta qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etdi.

2'. O'zbekiston terma jamoasi chap qanot orqali oldinga intildi. Qanotdan uzatilgan to'pni Suriya himoyachilari qaytarishdi, qaytgan to'pga Aziz Amonov zarba berdi. Biroq yo'l-yo'lakay to'p jamoadoshi Akmal Mozgovoyga tegib, o'z yo'nalishini yo'qotdi.

▶️ 1'. Bosh hakam Sayyodjon Zayniddinovning hushtagi chalindi va uchrashuvga start berildi. To'pni maydon markazidan Suriya terma jamoasi futbolchilari o'yinga kiritishdi.

Jamoalar maydonga tushib kelishdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi ko'k, Suriya terma jamoasi esa oq rangli liboslarda to'p suradi. Do'stona uchrashuv start olish arafasida.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia