

"Uchrashuv kutilganidek kurashlarga boy kechdi. Eng kuchli raqiblar to'qnashgan bahs bo'ldi. O'ylaymanki, kuchli jamoa g'alaba qozondi. Maqsadim har bir uchrashuvda o'zimni yaxshiroq ko'rsatish. Alohida motivaciya yo'q edi. "Paxtakor"da ham o'ynaganman, bilasiz.
Yangi murabbiy keldi va uslubimiz o'zgardi. Endi hujumkor o'yin namoyish etyapmiz. To'rtta himoyachi uslubiga o'tdik. O'tgan mavsum bilan solishtiradigan bo'lsak, hozir ko'proq hujumga e'tibor qaratyapmiz", - dedi Ibrohimhalil Yo'ldoshev finaldan so'ng.




