Yovanovich: "Ushbu Niderlandiya terma jamoasining kelajagi porloq deb hisoblayman"

Sherzod Nurmatov
1 okt 2026, 22:01
Gretsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ivan Yovanovich Millatlar Ligasi doirasidagi Niderlandiyaga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Germaniya ustidan qozonilgan g'alaba o'zgacha bo'ldi, biroq oldinda bizni yana to'rtta o'yin kutmoqda va qilishimiz kerak bo'lgan ishlar hali juda ko'p. Niderlandiya futbolchilarining mahorati, o'yin uslubi va tezligi tufayli Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblanadi. Ushbu jamoaning kelajagi porloq deb hisoblayman. Biz har doim to'lib-toshgan stadionlarda to'p tepamiz va bu futbolchilar uchun ulkan motivaciyadir", – dedi Yovanovich.

Gretsiya – Niderlandiya uchrashuvi payshanba, 1 oktyabr kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com