Kurtua: “Mbappe “Oltin to'p”ga loyiq”

Sherzod Nurmatov
1 okt 2026, 21:34
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua jamoadoshi Kilian Mbappe "Oltin to'p"ga loyiq deb hisoblaydi.

"Nazarimda, Kilian Mbappe “Oltin to'p”ga munosib. Men bu yerda ham, terma jamoada ham futbolchilar bilan gaplashdim. Hamma uning tezligi evaziga raqiblarni qanchalik oson ortda qoldirayotganidan hayratda edi. Bundan tashqari, uning gollari ham bor. “Oltin to'p” eng ko'p sovrin yutganga emas, balki eng yaxshi o'yinchiga topshirilishi kerak. Aks holda, aynan shu mezonga tayanadigan bo'lsak, ikki yil oldin sovrinni Karvaxal olishi lozim edi", – deya Kurtuaning so'zlarini keltiradi “Onda Cero”.

8 sentyabr kuni “France Football” jurnali "Oltin to'p-2026" uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qilgandi. Taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Onda Cero