Messi Ispaniya ikkinchi divizioni klubini sotib oldi

Sherzod Nurmatov
1 okt 2026, 23:40
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya Segunda divizionida o'ynaydigan futbol klubi “Eldense”ni xarid qildi.

Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Deportivo Eldense jamoasi Lionel Messi tomonidan jamoa sotib olinganini rasman e'lon qildi, bu klubning 100 yildan ortiq tarixida yangi va hayajonli bobning boshlanishini anglatadi.

Sport tarixidagi eng muhim shaxslardan birining Ispaniya professional futboliga “Eldense” egasi sifatida kelishi klubning sport, institucional va ijtimoiy rivojlanishini rag'batlantirishga qaratilgan uzoq muddatli loyihaning boshlanishini anglatadi. 1921 yilda tashkil etilgan “Eldense” o'zining ildizlari, tarixi hamda ko'k va qizil ranglarini saqlab qolgan holda professional futbolda o'z mavqeini mustahkamlash va rivojlantirish niyatlari bilan yangi bosqichga qadam qo'ymoqda", – deyiladi klub bayonotida.

“Eldense“ 2026/27 yilgi mavsumda 5 ochko to'pladi va Segunda turnir jadvalida 19-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cdeldense.es