Ibrohimhalil Yo'ldoshev to'p tepayotgan "Qayrat"da bosh murabbiy o'zgardi

Omonjon To`xtamirzayev
3 sen 2024, 12:05
Qozog'istonning "Qayrat" jamoasi bosh murabbiy Aleksandr Kerjakov iste'fosini qabul qildi.

Mavsumning qolgan qismida jamoani Rafael Urazbaxtin boshqarib boradi.

Qayd etib o'tamiz, Kerjakov shu yilning may oyida klubda ish boshlagandi. Uning qo'l ostida jamoa barcha musobaqalarda 6 g'alaba, 3 durang va 3 mag'lubiyat qayd etdi hamda Qozog'iston chempionatida yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Qayrat" safida o'zbekistonlik futbolchi Ibrohimhalil Yo'ldoshev harakat qiladi.


QOZOG'ISTON CHEMPIONATI JADVALI


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: karpinside телеграм-канали