"Neftchi": Yo'ldoshev jamoamizga erkin agent sifatida tekinga olindi

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2025
Farg'onaning "Neftchi" klubi himoyachi Ibrohimhalil Yo'ldoshev bilan shartnoma tuzgani haqida xabar berilgan edi.

Transfermarkt portali futbolchi 400 ming evro evaziga transfer qilinganini yozgan. Ammo "Neftchi" klubi vakillari saytimizga bu ma'lumot noto'g'ri ekanini ma'lum qildi. 

"Ibrohimhalil Yo'ldoshev klubimizga erkin agent sifatida tekinga kelib qo'shildi. Futbolchi uchun klub pul to'lagani yo'q. Shartnomaga ko'ra, agar "Neftchi" Yo'ldoshevni keyinchalik sotadigan bo'lsa, "Pari NN" hisobiga ma'lum miqdorda pul tushadi", - dedi "Neftchi" klubi vakili championat.asia saytiga.  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia