

Milliy jamoa himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev mashg'ulotlar paytida oyog'ining to'piq qismida noqulaylik his qilgan.
Dastlabki tibbiy diagnostik va klinik tekshiruv xulosalariga ko'ra, himoyachimizning eski jarohati bezovta qilgan va uning tiklanishi uchun 1 oydan ko'proq vaqt talab etiladi. Shu sababli Yo'ldoshev Jahon chempionatida ishtirok etolmasligi ma'lum bo'ldi.



