

Bu haqda terma jamoaning rasmiy bayonotida aytiladi.
"Kilian Mbappe g'alaba golini urayotganda tizidan jarohat oldi. Unda pay jarohati tashxisi qo'yilgan, shu sababli u yig'inning qolgan qismini o'tkazib yuboradi. Kilian, tezroq sog'ayib ketishingni tilaymiz!" - deyiladi Fransiya terma jamoasining X ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy akkauntida qoldirilgan xabar matnida.
Shu tariqa, Mbappe o'z klubi - Madridning "Real" jamoasi ixtiyoriga qaytadi.
Mbappe 25 sentyabr kuni Millatlar ligasi doirasida Fransiya terma jamoasining Turkiyaga qarshi safardagi o'yinida jarohat oldi. Uchrashuv francuzlarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Kilian 54-daqiqada gol urdi, ammo oradan ko'p o'tmay almashtirildi.



