

Italiyalik o'zining "Oltre" nomli avtobiografik kitobida jamoa rahbariyati argentinalik futbolchining taqdimotiga va unga afsonaviy 10-raqamli libosni topshirish marosimiga uni ham jalb etmoqchi bo'lgani haqida so'zlab berdi.
"Paulo Rimga kelganida, klub vositachilar orqali menga xabar yubordi. Ular o'nginchi raqamni unga topshirmoqchi edi va "Kolizey"dagi rasmiy taqdimot paytida libosni aynan men topshirishimni xohlashdi. Mening javobim keskin bo'ldi: "Aqlingizni butunlay yo'qotdingizmi?". agar juratingiz etsa - o'zingiz topshiring. Futbolchiga qarshi hech qanday etirozim yo'q, u menga ham futbolchi, ham inson sifatida juda yoqadi. Lekin men shunday javob berdim: "Agar shunday niyatingiz bo'lsa - meni aralashtirmasdan buni o'zingiz qiling".
Men 10-raqamli futbolkani muomaladan abadiy chiqarib tashlamagan bo'lardim, chunki bu bolalarni ajoyib orzudan mahrum qilish bilan teng bo'lardi. Har kuni yangi Totti paydo bo'lishiga umid qilaman - Rimda tug'ilgan, Rimda ulg'aygan va "Roma"ni butun umrga tanlagan inson. Bu libosni dunyoning boshqa chekkasidan keladigan, qisqa muddat qolib, keyin ketadigan kimgadir berish esa mutlaqo boshqa masala. Bu juda muhim va ramziy raqam bo'lib, uni faqat "Roma"da 15 yoki 20 yil o'tkazishi mumkin bo'lgan insonga ishonib topshirish kerak", - dedi Totti. Uning so'zlarini La Gazzetta dello Sport keltirmoqda.



