

Turkiya klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi bilan shartnoma tomonlarning o'zaro kelishuviga binoan bekor qilingan.
Taliska 2025 yilning yanvaridan buyon "Fenerbaxche" safida o'ynab kelayotgandi. U Turkiya klubiga Saudiya Arabistonining "Al Nassr" jamoasidan o'tgan bo'lib, u yerda Krishtianu Ronalduning jamoadoshi bo'lgan.
Taliska o'tgan mavsum "Fenerbaxche" safida 45 ta o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va klubning eng yaxshi to'purariga aylandi.



