"Bu masxaraboz ham terma jamoada bo'lmaydi". Morgan - Portugaliya murabbiyining Ronaldu haqidagi so'zlariga

15 noya 2026, 16:59
Jurnalist Pirs Morgan Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezushning hujumchi Krishtianu Ronaldu milliy jamoani tark etgani haqidagi gaplariga javob qaytardi.

UEFA Millatlar Ligasi 5-turi doirasida Daniyadan uchralgan mag'lubiyatdan (1:4) so'ng mutaxassisdan Krishtianuni sog'inyapsizmi, deya so'rashgan edi. Bunga javoban murabbiy, jumladan, shunday degandi: "U endi bu yerda yo'q. Uni sog'inishning nima keragi bor?"

"Agar Portugaliya bunday yirik mag'lubiyatlarga uchrashda davom etsa, bu masxaraboz ham terma jamoada bo'lmaydi", - deb yozdi Morgan X ijtimoiy tarmog'ida jurnalist Fabricio Romanoning Jezush iqtibosi keltirilgan postiga javoban.

Avvalgi xalqaro yig'in chog'ida Ronaldu terma jamoa lagerini o'zboshimchalik bilan tark etgan edi. Bunday qarorga 2-turdan o'rin olgan Norvegiyaga qarshi uchrashuvda (2:1) murabbiyning forvardni zaxiradan maydonga tushirmagani ortidan kelib chiqqan mojaro sabab bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://x.com/piersmorgan