Morgan "Arsenal"ning APLda 2-o'rinni egallab turgani haqida: "Yo'q, biz birinchimiz. "Siti" mavsum oxiriga borib jadval tubiga qulaydi"

Aslanov Jasurbek
25 okt 2026, 01:53
Teleboshlovchi va "Arsenal" muxlisi Pirs Morgan aslida London klubi Premer-ligada peshqadamlik qilayotganini ta'kidladi.

Mikel Arteta jamoasi APLning 8-turida "Everton"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi va "Aston Villa"ga imkoniyatni boy bergan (1:2) "Manchester Siti" bilan ochkolar bo'yicha tenglashib oldi. "To'pchilar" faqat to'plar nisbatiga ko'ra "shaharliklar"dan ortda qolmoqda.

Morgan "Arsenal" dastlabki sakkiz turdan so'ng o'tgan mavsumdagiga qaraganda ko'proq ochko to'plagani, biroq bir yil oldin peshqadam bo'lgani holda hozir ikkinchi pog'onada borayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

"Yo'q, biz birinchimiz. "Siti" mavsum oxiriga kelib jadvalning pastki qismida paydo bo'ladi va ligani tark etadi", - deb yozdi jurnalist.

Eslatib o'tamiz, avvalroq APLning mustaqil komissiyasi "Manchester Siti"ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda moliyaviy qoidalarni 114 marta buzganlikda aybdor deb topgan edi - klub mazkur qarorga norozilik bildirib, apellyaciya bergan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/piersmorgan