

Millatlar Ligasi 6-turidan o'rin olgan ushbu uchrashuv "Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi. Bellashuv 16 noyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da start oladi.
Odatda 10-raqamli libosda harakat qiladigan Dani Olmo jarohat olgani bois, ushbu raqam Yamalga topshirildi.
"Barselona" futbolchisi 2024 yilda ham Ispaniya terma jamoasining Daniyaga qarshi uchrashuvida 10-raqam ostida to'p tepgan edi.



