Sautgeyt - Pochettino ketganidan so'ng AQSH terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun Gvardiolaga muqobil variant

15 noya 2026, 13:53
AQSH futbol federatsiyasi "Manchester Yunayted"ni qabul qilib olgan Maurisio Pochettinoning o'rniga Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Garet Sautgeyt nomzodini ko'rib chiqmoqda.

TEAMtalk nashri xabariga ko'ra, angliyalik mutaxassis "Manchester Siti" sobiq ustozi Xosep Gvardiolaga muqobil variant sanaladi - aynan Gvardiolani taklif etish Amerika terma jamoasi uchun eng maqul tanlov sifatida baholanmoqda.

Sautgeyt 2024 yilda Angliya milliy jamoasini tark etganidan buyon ishsiz yuribdi. Manbaning qayd etishicha, bildirilayotgan qiziqishga qaramay, mutaxassisning o'zi AQSH terma jamoasida faoliyat yuritishdan unchalik manfaatdor emas. Bo'sh turgan lavozimga boshqa da'vogarlar qatorida Belgiya va Portugaliya terma jamoalarini boshqargan Roberto Martines hamda "Nyukasl"ning sobiq bosh murabbiyi Eddi Xau ham bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: TEAMtalk