

Jamoa matbuot xizmati xabariga ko'ra, ular 17 noyabr kuni Uelsga qarshi kechadigan guruh bosqichining so'nggi bahsida maydonga tusha olishmaydi.
"Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Ruben Diash va Joau Palinya sariq kartochkalar soni ko'payib ketgani sababli seshanba kuni Kardiffda Uels bilan bo'ladigan uchrashuvda qatnasha olmaydi va shu bois jamoa safini tark etishdi. Bernardu Silva ham milliy jamoa ixtiyoridan ketdi.
Tibbiy ko'rikdan so'ng Portugaliya futbol federatsiyasining sog'liqni saqlash va sport tayyorgarligi departamenti mutaxassislari u o'yinlarda ishtirok etishga tayyor emas, degan xulosaga kelishdi. Yakshanba kuni ertalabdan bosh murabbiy Jorje Jezush qo'l ostida 24 nafar futbolchi ishtirokida mashg'ulotlar davom ettirilmoqda", - deyiladi Portugaliya futbol federatsiyasi rasmiy saytida.



