Pirs Morgan: "Ronaldu ten Xag muhokama qilishga arzimasligini aytgan edi"

Aslanov Jasurbek
3 noya 2026, 02:18
Teleboshlovchi Pirs Morgan Erik ten Xagning Krishtianu Ronaldu haqidagi so'zlariga munosabat bildirdi.

"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi portugaliyalik hujumchiga shunday tarif bergan edi: "U eng buyuk o'yinchi, ammo so'nggi 7-8 yil ichida avvalgi darajasida o'ynay olmayapti. "Yuventus" davridan beri barchasi amalda yakuniga etdi".

"Ronaldu "Real"dan ketganidan so'ng 330 dan ortiq gol urdi. U "Yuventus"da juda muvaffaqiyatli harakat qildi, bir nechta chempionliklarni qo'lga kiritdi va hokazo. O'ylashimcha, ten Xagning bu gaplari hasadga to'la, chunki Ronaldu ham uni tanqid qilgan edi.

Ten Xag yashirayotgan narsa shuki, u Ronalduni klubdan siqib chiqarganidan keyin ham bir muddat "Yunayted"ni boshqarishda davom etdi va baribir muvaffaqiyatga erisha olmadi. Germaniyadagi yangi jamoasida esa u bor-yo'g'i 60 kun ishladi. Fikrimcha, ten Xag juda katta muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

"Yunayted"dan ketishidan oldingi so'nggi mavsumda Ronaldu Premer-ligada 18 ta va CHLda 6 ta gol urgandi. Tasavvur qilyapsizmi, "Yunayted" hozir shunday statistikaga ega hujumchisi bo'lishini qanchalik xohlagan bo'lardi? O'ylashimcha, Ronaldu "Yunayted"da yana ikki-uch yil to'p tepib, ko'plab gollar urishi mumkin edi.

Agar u yerda to'g'ri murabbiy bo'lganida, bu juda ajoyib qaytish bo'lardi. Lekin unday bo'lmadi - u yerda Ronalduni hurmat qilmaydigan, xuddi hozirgi Portugaliya terma jamoasi ustozi kabi unga axlatdek munosabatda bo'lgan yigit bor edi. Bu odamlar Ronaldu hisobiga o'zlarini ko'rsatishga urinishyapti.

Krishtianudan bu haqda nima deb o'ylashini so'raganimda, uning aytgan yagona gapi - ten Xag muhokama qilishga ham arzimaydi, degandi", - deya kulgi bilan gapirib berdi Morgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Uncensored