"Jezush uni aldadi va xuddi Ten Hagdek yo'l tutdi" - Pirs Morgandan shov-shuvli bayonot

Sherzod Nurmatov
6 okt 2026, 12:30
Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidan shov-shuvli ketishi tafsilotlarini oshkor qildi.

Uning fikricha, murabbiy o'z harakatlari bilan afsonaviy hujumchini qasddan haqorat qilishga uringan, deb xabar bermoqda "Piers Morgan Uncensored".

Ronaldu "Manchester Yunayted"ni tark etishi oldidan uning faoliyatidagi eng shov-shuvli intervyulardan birini olgan jurnalistning takidlashicha, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Uelsga qarshi Millatlar Ligasining dastlabki o'yini oldidanoq mashhur futbolchini aldagan.

"Ular Ronaldu dastlabki ikkita o'yinda maydonga tushishi, keyingi ikkita bahsda esa unga dam berilishi borasida kelishib olishgandi. Birinchi o'yinda unga 90 daqiqa to'liq o'ynashi aytilgandi - bu murabbiy va futbolchi o'rtasidagi suhbat edi, bu o'rinda biz gaplashayotgan futbolchining maqomini yodda tutish muhim. Ammo uni 67-daqiqadayoq almashtirib yuborishdi va shu sababli u biroz ranjidi.

Murabbiy undan uzr so'radi, bu uzrini prezident huzurida ham takrorladi hamda omma oldiga chiqib, bunday bo'lmasligi kerakligini tushuntirishini aytdi. Biroq u buning mutlaqo aksini qilib, Ten Hagdek yo'l tutdi: chiqib Ronalduni erga urish va sharmanda qilishga, uni yana "jarima maydonchasi ichiga tiqishga" urindi, u uchun barcha futbolchilar muhimligi va shunga o'xshash gaplarni gapirdi, bu ham Ronalduning g'ashini keltirdi", – dedi Morgan.

4.jpg

Bundan tashqari, jurnalistning so'zlariga ko'ra, murabbiy Norvegiyaga qarshi ikkinchi bahsda Ronalduni 30 daqiqaga maydonga tushirishni vada qilgan, biroq yana o'z so'zida turmagan.

"U 25 daqiqa davomida chigil yozdi mashg'ulotlarini olib boradi, lekin baribir maydonga tushirilmaydi. Shu sababli u ko'rsatilgan hurmatsizlikdan va murabbiy o'z so'zini buzganidan g'azablandi. U (Ronaldu) uchun bu hurmat masalasi edi. Unga bir narsa vada qilindi, amalda esa aksi bo'ldi: u qizib oldi, ammo undan foydalanishmadi. Ronalduning fikricha, bu juda katta hurmatsizlik bo'lgan va oxir-oqibat u: "Hammangiz daf bo'ling", dedi-da, samolyotga o'tirib uchib ketdi. Va uning asosiy vaji shundaki, bu murabbiy matbuot anjumanlarida doimo parda ortida aytgan gaplarining mutlaqo teskarisini gapirib kelgan", – deya qayd etdi Morgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Piers Morgan Uncensored