"Barselona" Jezus transferidan keyin ham Alvares haqidagi rejalaridan voz kechmaydi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2026, 16:43
Kataloniyaliklar "Atletiko" hujumchisini transfer oynasi yopilgunga qadar sotib olishga harakat qilishadi.

Bugun kataloniyaliklar "Arsenal"dan Gabriel Jezusni sotib olishlari ma'lum bo'ldi. Bitim 10 million evroga baholanmoqda, bonuslar ko'zda tutilgan.

Braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, "ko'k-anorranglilar" Alvaresga bo'lgan rejalaridan voz kechmayapti. U yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar "Atletiko" bilan kelishuvga erishishga harakat qiladi. 

Argentinalik futbolchiga "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic